Bizga yordam bermoqchimisiz?

Hech qanday moddiy yordam so'ralmaydi

Maqsadimiz!

  • Avvalo biz zolim deb bilgan harakatga yordam bermaslik aksincha ularga zarar keltirish.Ya'ni Falastinda bo'layotgan nohaq qotilliklarga oz bo'lsa ham qarshilik ko'rsatish.
  • O'zbekistonda xorij mahsulotlari juda ko'p sotilmoqda. Millionlab dollar o'zbeklarda xorijliklarga chiqib ketmoqda. Bu mablag'larni o'z yurtimizda qoldirish uchun, boshqa yurtdoshlarimizga foyda keltirish. Buning uchun har bir boykot qilingan mahsulot o'rnini bosuvchi mahsulotlarni qo'shib bormoqdamiz. Keyinchalik rejamizda milliy mahsulotlarni alohida ko'rsatish.
  • Bu dastur rejalarimizning bir qismi. Agar nasib bo'lsa musulmonlar uchun bir qancha foydali dasturlar ishlab chiqish rejalarimiz bor
  • Haqga hissa qo'shish

Niyatimiz

Allohning roziligi

Bizga qanday yordamlar zarur

  • Yangi boykot qilingan mahsulotni bizga yuboring. Boykot sababi va uning isboti uchun havola bo'lishi lozim. Bo'lmasa biz tekshirolmaymiz
  • O'rnini bosuvchi mahsulotlar qo'shish. Masalan Snikers shokoladi o'rniga nima olish mumkin. Snikersni topasiz va O'rnini bosuvchi mahsulot qo'shish tugmasini bosasiz. Bu bilan siz minglab insonlarni boshqa narsa xarid qilishiga yordam bergan bo'lasiz
  • Eng asosiylaridan. Bu dasturni tarqatishga yordam. Qarindosh, do'stlarga tavsiya qilishingiz yoki katta kanallarga reklama qildirishingiz mumkin. Albatta chiroyli holatda bo'lishini so'ragan bo'lar edik
  • Telegram kanalimizga qo'shiling. Biz kanalimizda faoliyatimiz haqida yangiliklarni berib boramiz. Ko'p bezovta qilmaymiz. Sizning bo'lishingiz bizni yana ham ruhlantiradi. Kimgadir foydamiz tegyapti deymiz

Sizga rahmat aziz yurtdoshim. Birgalashib ko'p ishlarni qilishimiz mumkin🤝